KQTTda Rossiyaning kimyoviy qurollarga oid taklifi rad etildi

Olam

image

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotida (KQTT) rasmiy Moskvaning taqiqlangan moddalar ro‘yxatini kengaytirish taklifini qo‘llab-quvvatlanmadi. Bu haqda Rossiyaning tashkilotdagi doimiy vakili Aleksandr Shulgin ma’lum qildi.

“Ular to‘siq qo‘ydi. O‘ylab chiqarilgan sabablar ortidan shunday qildilar”, deb izohlagan Shulgin Gaagadagi anjumanda.

Kecha, 25 fevral kuni tashkilotning ijro kengashi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyaning taklifi ko‘rib chiqildi. Rasmiy Moskvaning tashabbusini 10 davlat qo‘llab-quvvatlagan, 20 davlat qarshi bo‘lgan, yana 10 davlat betaraf qolgan.

Rossiya KQTTning taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga besh turgani kimyoviy moddani qo‘shishni taklif qilgan. Qayd etilishicha, taklif ilmiy manbaga asoslangan.

Ma’lumot tuchun, Rossiya va G‘arb davlatlarining KQTTdagi qarama-qarshiligi Rossiya Davlat razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Sergey Skripal Angliyaning Solsberi shahrida zaharlangach kuchaydi. G‘arb davlatlari bu ish ortida Rossiyaning qo‘li borligini va sobiq polkovnik “Novichok” bilan zaharlanganini da’vo qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya kimyoviy qurol

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing