Kun oxirida koronavirusga chalinganlar 165 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 23 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165 nafarga oshib, 18 868 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 54 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 96 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 98 nafar, Samarqand viloyatida 48 nafar, Sirdaryo viloyatida 43 nafar, Namangan viloyatida 28 nafar, Navoiy viloyatida 27 nafar, Jizzax viloyatida 18 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar, jami 277 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 10 149 (+277) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 617 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing