5 daqiqada Beeline'ni portlatish bilan tahdid qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Noma’lum shaxs Beeline uyali aloqa kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, kompaniyani portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Voqea kecha, 4 aprel kuni sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs Beeline uyali aloqa kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, hisobi to‘ldirilgan bo‘lsa ham qo‘ng‘iroq qilolmayotganini, agar 5 daqiqada hisob raqamini yoqmasa, kompaniyani portlatib yuborishini aytib, aloqani uzib qo‘ygan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan tezkor aniqlov tadbirlari olib borilgan. Natijada ushbu qo‘ng‘iroqni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Nurafshon MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi V.M. mast holda, aloqa tarmog‘i yaxshi ishlamaganligi sababli qo‘ng‘iroq qilganligi aniqlanib, V.M. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing