Koronavirus: bugun kunlik o‘sish 400 dan kam bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 5 oktyabr kuni O‘zbekistonda 391 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 485 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Namangan, Buxoro, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlarida 433 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 59 078 nafar bemordan 55 751 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 842 nafar bemordan 430 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made