Koreya yarim oroli yaqinida yadroviy urush boshlanishi mumkin – Kim Chen In

Olam

image

AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyaning qarama-qarshi harakatlari Koreya yarim oroli atrofidagi mintaqani beqarorlashtiradi va yadro urushi xavfini oshiradi. Bu haqda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi. 

Kim Chen In mamlakatda nishonlanadigan Harbiy-dengiz kuchlari kuni munosabati bilan dengiz qo‘mondonligiga tashrif buyurgan. 

“Bir muddat avval AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyaning jinoiy guruh rahbarlari bir joyga yig‘ilib, turli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishlarini e’lon qilishdi va ularni amalga oshirishga kirishdilar. Dushman kuchlarning, shu jumladan AQSHning beparvo qarama-qarshilik manyovrlari tufayli Koreya yarim oroli atrofidagi suvlar hozirda dunyodagi eng katta harbiy texnika konsentratsiyasiga va yadro urushi xavfi bo‘lgan eng beqaror akvazoga aylandi”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Koreya markaziy axborot agentligi. 

Uning qayd etishicha, harbiy-dengiz floti jangovar shaylikni saqlagan holda, dushman zarbalariga va uni kuchsizlantirishga tayyor turishi kerak. 

“Hozirgi vaziyat harbiy-dengiz flotimizdan doimiy jangovar shaylikni saqlash, kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda dushmanning urushga bo‘lgan irodasini sindirishga tayyor turish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan KXDR rahbari. 

AQSH Prezidenti Jo Bayden, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol avgust oyi o‘rtalarida Amerika yetakchisining Vashington tashqarisidagi Merilend shtatidagi Kemp-Deviddagi qarorgohida uch tomonlama sammit o‘tkazdi. Natijada harbiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida har yili qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishga kelishib olindi. Iyul oyida AQSH va Janubiy Koreya ham AQSHning yadroviy suv osti kemasi ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi. Bundan tashqari, yadroviy qurolga ega strategik suv osti kemasi – USS Kentucky Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Yadro urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made