Biz nega uydamiz?

Jamiyat

Bugun yaqinlarimizdan ayro, sevimli ishimizdan uzoq bo‘lsak, bilingki, tojdor dushmanni birgalikda yengish uchun uydamiz. Kecha kulgularimizga to‘lgan ko‘chalarni bugun sukunat cho‘lg‘agan bo‘lsa, qo‘rqmang, ertaga tong boshqacha otadi. Yana ko‘chalar odamlarga to‘ladi. 

Shaharlar avtomobil, poyezd shovqini, qishloqlar traktor ovozi bilan jonlanadi. Uchoqlar yana uzog‘imizni yaqin qiladi. 

Bozorlarga ne’mat sochiladi, ro‘zg‘orimizning kami yana to‘ladi. Yana dovonlar oshib, yaqinlarimizga qovushamiz. Ularni mahkam quchoqlab, sog‘inchimizni aytamiz, mehrimizni ko‘rsatamiz. 

Hozir esa erta uchun qo‘lni qo‘lga berib, bir bo‘lmoq vaqti. Siz, men emas, BIZ bo‘lmoq vaqti! O‘zimizda borini boshqalar bilan baham ko‘rish vaqti. Hozir 34 million bir tanu jonmiz deyish vaqti!!! 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made