Turkmaniston O‘zbekistonga yordam taklif qildi

Jamiyat

image
Sardobadagi toshqinda suv ostida qolgan birinchi mahalladan reportaj (foto+video) north_east

Sardobadagi toshqinda suv ostida qolgan birinchi mahalladan reportaj (foto+video)

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot vaqtida Sardoba suv omboridagi to‘g‘onning o‘pirilishi natijasida yuz bergan suv toshqinidan jabr ko‘rgan Sirdaryo viloyati tumanlarini tiklashda yordam berishni taklif qildi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar bermoqda.

Berdimuhamedov tabiiy ofat O‘zbekistonning bir qator shaharlari va aholi punktlariga katta zarar yetkazgani munosabati bilan dalda so‘zlarini izhor etgan. Shuningdek, Turkmaniston tomoni zarar ko‘rgan hududlarga kerakli yordam ko‘rsatishga, u yerga uskunalar, ishchilar yuborishga va infratuzilmani tiklashda ko‘mak berishga tayyorligini ta’kidlagan.

Turkmaniston rahbari mamlakatning tegishli idoralari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan bog‘lanishga, o‘zaro hamkorlikning tezkor kanallarini yaratishga va tabiiy ofat oqibatlarini tezda bartaraf etish uchun tegishli ish sxemalarini ishlab chiqishga tayyorligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasidagi telefon muloqoti kecha, 6 may kuni bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkmaniston Sardoba suv ombori

Baholaganlar

745

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made