Inspektorga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9 aprel kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari “Vaz 2106” rusumli avtomobilni to‘xtatishadi. Avtomobil haydovchisi - 1983 yilda tug‘ilgan T.Yo. tekshirilayotgan vaqtida yo‘l patrul xizmati inspektori uni spirtli ichimlik ichganlikda gumon qilib tibbiy ekspertizaga taklif etadi.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra haydovchi mast holatda transport vositasini boshqargani ma’lum bo‘ldi. Haydovchini tibbiy ekspertizadan o‘tkazish vaqtida uning qarindoshi Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida istiqomat qiluvchi 1972 yilda tug‘ilgan X.Q. mast holatda yo‘l patrul xizmati inspektorlarining xizmat vazifasini bajarishiga faol qarshilik ko‘rsatib, turli so‘zlar bilan haqorat qiladi. Bu holatda fuqaro X.Q.ga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilib, to‘plangan hujjatlar Olmaliq shahar Ma’muriy sudiga taqdim etildi.

Joriy yilning 15 may kuni Olmaliq shahar Ma’muriy sudi X.Q.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183- va 194-moddalari bilan aybdor, deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing