OTMlarda 2020/2021 o‘quv yili qanday boshlanadi?

Jamiyat

image

Yaqinlashayotgan yangi 2020/2021 o‘quv yili oliy ta’lim muassasalarida ta’lim onlayn shaklda boshlanishi rejalashtirilyapti. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsu ta’lim vazirligi Matbuot kotibi Farhod Babashev ma’lum qildi.

“An’anaviy ta’lim shaklida o‘quv yilini boshlash rejalashtirilgan edi. Respublikada epidemiologik vaziyatning barqarorlashish sharoitidan kelib chiqib, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasining yuqori kurs talabalari hamda akademik litseylarning 2 kurs o‘quvchilariga yangi o‘quv yilini joriy yilning sentyabr oyidan masofaviy shaklda boshlashga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, dedi Babashev brifingda.

Shuningdek, Babashev o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ham ma’lumot berib o‘tdi. Unga ko‘ra, o‘qishni ko‘chirish uchun 5 avgustgacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Transfer.edu.uz sayti orqali yoshlarni o‘qishlarini kuchirish uchun arizalarini onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 5 avgustigacha siz ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin”, dedi vazirlik vakili.

Avvalroq, yangi o‘quv yili uchun test sinovlari avgust oyida emas, sentyabr oyida o‘tkazilishi mumkinligi xabar qilingandi. Imtihonlarning o‘tkazilishi mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM o'quv yili

Baholaganlar

2086

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing