“Ko'ngil ko'zi” - qalb ko‘zlariga nur taratadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Ko'ngil ko'zi” loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyihaga ko‘ra, yurtimiz bo‘yicha bugungi kunda ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bor 670 mingdan ziyod insonlarga ma’naviy ko‘mak jarayonini yaxshilash, jumladan, ko‘zi ojiz bolalar tahsil olayotgan maktablarni kerakli o‘quv darsliklari bilan ta’minlash muammosi ko‘tarildi.

Bundan tashqari, anjuman ishtirokchilari tomonidan darsliklarning audio varantini ishlab chiqish taklif etildi. Ko‘zi ojiz o‘quvchilarning kitobxonlik salohiyatini yanada oshirish, ularni bugungi kunning zamonaviy badiiy asarlari bilan yaqindan tanishtirish ham dolzarb muammo hisoblanadi. Lekin, afsuski, hozirda O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar uchun kitob tayyorlaydigan nashryot bitta va bu tashkilotda ham bor yo‘g‘i 42 nafar xodim mehnat qiladi. Bu xodimlarning teng yarmi ko‘zida nogironligi bor shaxslardir. 

Anjumanda so‘zga chiqqan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov asosiy e’tiborni, bu kabi muammolarni bartaraf etish, “Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” korxonasining matbaa uskunalarini modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish xonalarini tamirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir masalalarga qaratdi.

Shundan so‘ng, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi homiyligida bosmadan chiqarilgan “O‘zbekiston xalq ertaklari” kitobi ko‘zi ojiz bolalarga foydalanish uchun topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Komiljon Allamjonov

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made