KXLda ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)
Sport
−
19 Oktabr 2021
3708Kecha, 18 oktyabr kuni Kontinental xokkey ligasining 20-turidan o‘rin olgan “Sochi” va “Avangard” o‘rtasidagi bahs ommaviy mushtlashuv bilan boshlandi. Shayba o‘yinga kiritilishi bilanoq, xokkeychilar mushtlashib ketdi va natijada janjalda ishtirok etgan 6 nafar o‘yinchining (“Sochi”dan Laypon, Bogdan Yakimov va Viktor Baldayev, “Avangard”dan Pavel Dedunov, Nikita Komarov va Ilya Kablukov) barchasi 5 daqiqa, yana bir xokkeychi esa 2 daqiqaga maydondan chetlatildi.
Uchrashuvning 7-daqiqasi o‘tib borayotgan paytda, Dmitriy Kolgotin (“Sochi”) va Yaroslav Kosov (“Avangard”) ham o‘zaro janjallashdi. Bu safar Omsk shahri jamoasi vakili janjal keltirib chiqargani uchun 17 daqiqaga mezbonlar hujumchisi Kolgotin esa 5 daqiqaga maydondan chetlatildi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda “Avangard” jamoasi 5:4 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z ochkolari sonini 22 taga yetkazib oldi, “Sochi”da hisobida esa 12 ochko mavjud.
LiveBarchasi