Kim kuchli – “Yuventus” yoki “Real”? “Ayaks” murabbiyi javob berdi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, bugun YeCHLning chorak final javob bahslari doirasida “Yuventus” – “Ayaks” basi bo‘lib o‘tadi.

O‘yindan oldingi Matbuot anjumanida golland klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Mavsum boshida biz Chempionlar ligasining chorak finalida o‘ynashimizni hech kim kutmagan edi. Ammo jamoa o‘sishga erishdi va hozir grandlar bilan bellasha oladi. O‘zimizga va yaxshi natija qayd eta olishmizga ishonamiz.

Fikrimcha, ayni paytda “Yuventus” “Real”dan kuchliroq. Ularda katta tajriba bor. O‘tgan haftada juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, navbatdagi uchrashuvda ham buni takrorlashimiz kerak”, deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Ayaks” o‘yini bugun, 16 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Ayaks Erik ten Xag

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing