Kim Chen In Tramp bilan uchrashishga tayyor. KXDR AQSH talablarini qabul qilmoqchimi?

Olam

Trump

KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchinchi marta uchrashishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Agar AQSH muqobil yechim topib, ikki davlat rahbarlarining uchinchi sammitini o‘tkazish taklifini bildirsa, biz muzokaraga rozimiz”, degan Kim Chen In.

Qayd etilishicha, KXDR yetakchisi AQSHni Koreya yarimorolini denuklearizatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarga boshqacharoq yondashishga chaqirgan. Shu tariqa, navbatdagi muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlash mumkinligi ta’kidlangan.

“Men kelishuvni hech ikkilanishsiz imzolayman, agarda u KXDR va AQSH manfaatlari uchun birdek javob bersa, adolatli va maqbul bo‘lsa. Bu o‘z navbatida AQSHning pozitsiyasidan kelib chiqadi”, degan Kim Chen In.

Kim Chen In Xanoyda o‘tgan sammitning muvaffaqiyatsiz yakunlanishi borasidagi fikri bilan o‘rtoqlashib, o‘sha uchrashuv KXDR tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘riligiga va AQSHning ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash istagining samimiyligiga shubha uyg‘otganini ta’kidladi.

Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, KXDR tomoni Xanoy sammitida bildirilgan talablar bo‘yicha AQSHga yon bermaydi.

“AQSH 100 yoki 1000 marta uchrashganda ham bizni bunday shakldagi kelishuvni qabul qilishimizga erisha olmaydi”, degan Kim Chen In.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Xanoydagi sammitda KXDR oldiga aqlbovar qilmas talablar qo‘ygandi. Ularning orasida Shimoliy Koreyaning yadro dasturini to‘la AQSHga ko‘chirish ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-KXDR Kim Chen In

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing