Kim haq: jurnalistmi yoki vazirlik?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi «Adolat» gazetasining 2019 yil 15 martdagi 11-sonida chop etilgan «Jurnalist yolg‘on gapirdi…(mi)?» maqolasi yuzasidan izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, vazirlik darsliklarda kamchiliklar borligini hech qachon yashirmagan va ularni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Joriy yilning 13 mart kuni keng jamoatchilikni ushbu jarayonga jalb etish maqsadida “Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” mavzusida tanlov e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, muallif o‘z maqolasida 7-sinflar uchun mo‘ljallangan “O‘zbekiston tarixi” va “Istoriya Uzbekistana” darsliklarida Abu Nasr Farobiy tug‘ilgan  va vafot etgan yillarida xatoliklarni ko‘rsatgan. Lekin. vazirlik iddaosiga ko‘ra, maqolada “O‘zbekiston tarixi” kitobining 2017 yilda chiqqan nashri va “Istoriya Uzbekistana” darsligining 2013 yilda chop etilgan, hozirda amalda foydalanilmaydigan nashrlarini solishtirgan.

Ijara asosida foydalaniladigan darsliklarining davriyligiga ko‘ra, darsliklar har 4 yilda qayta nashr etiladi. 2013 yilda chop etilgan “Istoriya Uzbekistana” 2017 yilda qayta chop etilgan hamda bu xatolik to‘g‘rilangan.

Hozirda  Vazirlikning eduportal.uz portalida 7-sinf uchun “Istoriya Uzbekistana” darsligining elektron shakli 2017 yilgi nashri bo‘lib,  yangilangan holda chop etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Xalq ta'limi vazirligi darslik

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing