Qishloq xo‘jaligiga oid strategiya tasdiqlanadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan:

•    O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi;

•    O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi bo‘linmalari rahbarlari, vazirlik va idoralar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsan mas’uldirlar.

Quyidagilar 2030 yilga qadar qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilanadi:

•    oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdorda va xarid qobiliyatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishini ta’minlash bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etishni nazarda tutuvchi aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;

•    savdoni yanada erkinlashtirish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, savdo operatsiyalari xarajatlarini kamaytirish va eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatlasha oladigan, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish hisobiga agrobiznesning raqobatbardoshligi oshirishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish;

•    qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsion jozibadorlikni oshirish;

•    yer va suv resurslari, o‘rmon xo‘jaligidan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqiloni foydalanish va atrof muhit muhofazasini ta’minlash;

•    ma’muriy boshqaruvdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlash maqsadida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;

•    mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatni oshirishga qaratilgan davlat siyosatining yangi ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq byudjet mablag‘larini bosqichma-bosqich taqsimlash orqali qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadigan davlat xarajatlari samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini diversifikatsiya qilish;

•    ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarini ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan qishloq xo‘jaligi bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali tizimini yaratishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;

•    qishloq joylarini muvozanatli va barqaror rivojlantirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish;

•    statistik ma’lumotlarni to‘plash va ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va tarqatishning samarali tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori Qishloq xo'jaligi

Baholaganlar

10

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing