YTH: Sirdaryoda piyoda halok bo‘ldi
Jamiyat
−
28 dekabr 2019
5640Sirdaryoda Cobalt avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi piyodani urib yubordi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 26 dekabr kuni soat 20:30 larda Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududidan o‘tuvchi 4R-32 “Yangiyer—Paxtakor” avtomobil yo‘lining 16-kilometrida sodir bo‘lgan. Xovos tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan J.A. Cobalt rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Jabrlanuvchi Mirzaobod tumanida yashagan, 1991 yilda tug‘ilgan G‘.B. ismli fuqaro bo‘lgan. G‘.B. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
LiveBarchasi