Xotira byustini “minib olgan” yoshlar IIBga chaqirildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida Xotira byusti ustiga chiqib, g‘ayriijtimoiy harakat sodir etganlarning shaxsi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot kotibi Bobur Tulyaganov xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2 mart kuni kuni soat 19:00 larda, Toshkent viloyati Chinoz tumanida 18-19 yoshlar orasidagi 5 nafar yigit O‘zbekiston Respublikasining birinchi mexanizator ayoli Tursunoy Oxunovaning xotira byusti ustiga chiqib, uni mazah qilgan.

O‘zlarining harakatlari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani sababli beshovlonning shaxsi aniqlanib, tuman IIBga olib kelingan.

IIB xodimi tomonidan o‘tkazilgan profilaktik suhbatda ularga ushbu xatti-harakatlari huquqbuzarlik ekani tushuntirilgan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yoshlar Xotira byusti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made