Xorazmda er rashk tufayli o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 may kuni Xorazm viloyati Shovot tumanida rashk tufayli er o‘z ayolini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tumanning “Arbek” mahallasida yashovchi fuqaro M.O. (1973 y.t.) turmush o‘rtog‘i F.E.ni rashk qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjal sababli, yashash uyida oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan, oqibatda F.E. (1978 y.t.) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida tuman prokuraturasi tomonidan M.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. M.O. tegishli protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing