Xoland mashhur videoo‘yinning haqiqiy qahramoniga aylandi (video)

Sport

image

Angliya Premer-ligasi to‘purari Erling Xoland videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi Supercell kompaniyasi bilan kutilmagan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

Norvegiyalik hujumchi Clash of Clans mobil strategiyasining qahramoniga aylandi. Ushbu voqea sharafiga ishlab chiquvchilar o‘z kvartirasida o‘yinning boshqa qahramonlarini uchratgan futbolchi ishtirokida video suratga oldi.

Qayd etilishicha, Xoland 10 yoshidan Clash of Clans videoo‘yinini o‘ynab kelgan. Buni bilgan ishlab chiqaruvchilar Erlingga hamkorlikni taklif qilgan va u o‘yinning ashaddiy muxlisi sifatida taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan. 

O‘yinda Xoland bir oy davomida vahshiylar qiroli sifatida paydo bo‘ladi. Uni jangda mag‘lub etish orqali ishtirokchi qo‘shimcha mukofot va peshqadam qatnashchilar ro‘yxatidan joy oladi.

Ma’lumot uchun, Xoland joriy mavsumda Xoland 21 ta gol bilan Angliya Premer-ligasida to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made