Xokkey: O‘zbekiston U-18 Osiyo-Okeaniya chempionatida g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 30 aprel kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Hal qiluvchi bahsda mezbon o‘zbekistonlik xokkeychilar Tailand bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi taymning 7-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Tailand a’zosi Natchayatorn mezbonlar darvozasiga shayba kiritdi.

38:32 va 48:55 daqiqalarda Timur Habibov hamda Abduqayum Abduvosiqov tomonidan yo‘llangan zarbalar o‘z manziliga aniq yetib borib, hisobdagi farqni O‘zbekiston foydasiga o‘zgartirdi.

Shunday qilib, U-18 O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Osiyo-Okeaniya chempionatida g‘olibiga aylandi. Jamoa a’zosi Jasurbek Rustamxonov esa turnirning eng yaxshi hujumchisi deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xokkey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made