Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ilk g‘olibi aniqlandi

Sport

image

Toshkent shahrida joylashgan “Ice City” muz maydoni mezbonlik qilgan xokkey bo‘yicha birinchi bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida barcha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. 

Bosh sovrin uchun finalda mamlakatning ikki yetakchi jamoasi “Binokor” hamda “Semurg‘” klublari kuch sinashdi.

Jamoalarning murosasiz kechgan qarama-qarshiligida g‘olib nomini aniqlash uchun 5 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Hal qiluvchi uchrashuvda “Semurg‘” raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay 4:1 hisobida ustun kelib, xokkey bo‘yicha ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘alaba qozondi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati. Final

“Semurg‘” – “Binokor” 4:1 (seriyalar bo‘yicha 3:2)

Ta’kidlash joiz, bronza medallari “Humo” jamoasiga nasib etdi. Tantanali taqdirlash marosimida mavsumda o‘zini ko‘rsatgan bir qator xokkeychilarga shaxsiy sovrinlar topshirildi. Unga ko‘ra “Binokor” a’zosi Javohir Rasulov chempionatning eng foydali xokkeychisi bo‘ldi. “Semurg‘” hujumchisi Sergey Golev esa eng yaxshi to‘purar va hujumchi deb topildi. Shuningdek, Aleksandr Zokirov (“Binokor”) eng yaxshi darvozabon, Konstantin Govrilenko (“Semurg‘”) esa eng yaxshi himoyachi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

xokkey

Baholaganlar

5

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing