Xitoyda kuchli tornado tufayli besh kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Xitoy janubida yil boshidan beri eng kuchli tornado sodir bo‘ldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Kecha, 27 aprel kuni tushdan keyin Guandun provinsiyasining Guanchjou shahrida tabiiy ofat yuz berdi. Mahalliy vaqt bilan 15:00 atrofida tabiiy ofat Bayyun tumanida sodir bo‘lib, to‘rtta qishloqqa zarar yetkazgan. Voqea guvohlari tomonidan olingan videolarda ulkan qora bo‘ron uylarni parcha-parcha qilib tashlashi, ba’zi joylarda qisqa tutashuvlar sodir bo‘lishi ko‘ringan, fonda mahalliy aholining hayqiriqlari eshitilgan.

Tornado to‘xtagach, shaharda hodisa oqibatlarini bartaraf etish va favqulodda tiklash ishlarini olib borish uchun maxsus ishchi guruhlar tashkil etildi. Shifokorlar, o‘t o‘chiruvchilar, jamoat xavfsizligi xodimlari va transport politsiyasi ham aholiga yordamga keldi.

Mahalliy vaqt bilan 22:00 holatiga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari asosan yakunlandi, tabiiy ofat besh kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 33 kishi jarohat oldi, ularning barchasiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, tornado 140 dan ortiq zavod va fabrika binolariga zarar yetkazgan. Biroq turarjoy binolarining qulashi kuzatilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy tornado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing