Xitoy O‘zbekiston uchun imkoniyatmi yoki xavf?

Intervyu

Markaziy Osiyo hamda Xitoy uzoq tarixdan o‘zaro siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy aloqalarni o‘rnatib kelgan. Ming yilliklarga borib taqaluvchi ushbu hamkorlik so‘nggi yillarda ham o‘z barqarorligini saqlab qoldi. Bir qancha vaqt oldin faqatgina iqtisodiy borada bo‘lgan ushbu faollik so‘nggi yillarda o‘zaro siyosiy aloqalarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu vaziyatni avvaliga Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida birlashgan davlatlarning Sian Sammiti doirasida qayta birlashganligi yaqqol ko‘rsata oladi.

Xo‘sh, tashqi siyosatda doim uzoq muddatli ambitsiyalariga sodiq qoladigan Xitoy Markaziy Osiyo, O‘zbekiston uchun qay darajada xavf? Munosabatlarning chuqurlashishi boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelmaydimi? Shu va shu kabi mavzular yuzasidan xorijiy mutaxassis fikrini bilish maqsadida QALAMPIR.UZ Tulane Universiteti Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari bo‘yicha professori Vesley Hill bilan suhbat o‘tkazdi.

Cuhbat davomida so‘nggi 26 yil davomida O‘zbekistonning Xitoydan eksporti yiliga o‘rtacha 20% lik o‘sgani va eksportning asosiy qismi manufaktura mahsulotlari ekani aytildi. Ba’zi mutaxassislar munosabatlardagi bu kabi yirik farq O‘zbekiston mahalliy ishlab chiqarishiga katta zarar yetkazishini ta’kidlagandi. Shu sababli bugungi kun O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarida Xitoy tomonining dominantligi qay darajada ekaniga e’tibor qaratildi.

“Menimcha, bu haqiqat. Chunki Xitoy ulkan, sanoatlashgan iqtisodiyotga ega. Eksportga ixtisoslashgan Xitoy iqtisodiyotiga o‘z maqsadlariga yetishi uchun resurslar kerak bo‘ladi. Buning hech qanday yomon joyi yo‘q. Chunki hech bo‘lmaganda siz ushbu kelishuvlar bo‘yicha soha mutaxassislariga ega bo‘lasiz. Ammo bu ularning siyosiy erkinliklariga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har qanday mamlakatda iqtisodiy rivojlanishning asosi sifatida mahsulotlar eksportiga tayanilishi sekin-astalik bilan iqtisodiy qaramlik keltirib chiqarishi mumkin. Bu holda iqtisodiyotni sanoatlashtirish va texnologik yutuqlarni jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham, agar Xitoy dinamikasi orqali doimo Markaziy Osiyo bilan birga bo‘lsa, har doim ulkan iqtisodiyotga ega bo‘ladi. U har doim yirik savdo sherigi bo‘ladi va Markaziy Osiyodan resurslarni xohlaydi. Xo‘sh, bu qaramlik xususiyatiga ega bo‘ladimi yoki yo‘q, bu asosan har bir davlatdagi vaziyatning o‘ziga bog‘liq. Agar markaziy osiyoliklar g‘arbga ochiq bo‘lsa, Xitoy bilan bu munosabatlarni muvozanatlashtira oladi va Xitoyga ham, G‘arbga ham o‘z mahsulotlarini sota oladi. Markaziy Osiyo bu dunyoni bog‘lay oladigan koridor. Siz bundan foydalanishingiz kerak”, deydi professor muxbirning bu boradagi savoliga.

Shuningdek, dunyo siyosati hamda iqtisodida katta to‘ntarishga sabab bo‘lgan Rossiya-Ukraina urushi O‘zbekiston tashqi siyosatini ham chetlab o‘tmadi. Yillar davomida mustahkam hamkorlikka ega bo‘lgan Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarida ham yetarli darajada cho‘kish kuzatildi, shuningdek, bu sahnada Xitoyning asosiy rolga chiqqanligi tabiiy ravishda yuz berdi.

“Ha, bu juda katta ta’sir ko‘rsatdi, deyarli hamma jabhalarda Rossiyaning ta’siri pasaymoqda. Yetarli darajada Rossiya o‘z kuchini yo‘qotmoqda. Uning iqtisodi ba’zi darajalarga qisqardi. Buni Braziliya-Ispaniya munosabatlariga qiyoslasak bo‘ladi. Rossiyada aholining qisqarishi bilan uning umr ko‘rish davomiyligi ortib bormoqda. U haqiqatan ham tabiiy resurslarini dunyoga eksport qiladi.

O‘zbekiston iqtisodi ham shunga o‘xshash va bu urush mamlakatingiz uchun o‘z tabiiy resurslarini dunyoga chiqarishga yo‘l ochdi. Rossiya tabiat resurslari borasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Xitoy kompaniyalari va Xitoy ta’siri tabiiy resurslar bozoridan Rossiyani siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kabi vaziyat har doim ham sodir bo‘lmaydi, shunga qaramasdan Rossiya bilan ko‘p yillik aloqalar mavjudligi sabab, ular hali ham Moskva bilan ishlaydi. Lekin Xitoy ta’siri, albatta, ortdi. 

Yer yuzida nima o‘zgarganiga kelsak, Rossiya kapitalining yangi oqimi mamlakatdan chiqib ketdi. Rossiyaga qarshi sanksiyalar ham bunda muhim omil sanaladi. Hozirda Markaziy Osiyoga kelgan kapitallarning ham aksariyati boshqa joylarga – Turkiya, Yevropaga ketmoqda. Lekin Markaziy Osiyoda juda katta siyosiy kapital bor, rus iqtisodiy kapitali. Qo‘shningiz Qozog‘istonda, masalan, tarixdagi eng tez va eng yirik bank xususiylashtirish jarayoni sodir bo‘ldi. Rossiya qattiq o‘yinlarni boshqaradi va shu sababdan ular bank tizimini xususiylashtirib, Rossiya hukumati bilan aloqalarini uzdi”, deydi Vesley Hill mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini ifodalay turib.

Suhbatning to‘liq shaklini yoqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Firdavs Zavqiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing