Xitoy rasmiylari O‘RVI fonida mamlakatga sayohat qilish xavfsiz ekanini aytmoqda

Salomatlik

image

Mamlakatda o‘tkir respirator kasalliklar (ARI) holatlari ko‘payib borayotganiga qaramay, chet elliklar Xitoyga sayohat qilishdan tashvishlanmasliklari mumkin. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda ma’lum qildi. 

“Xitoyda sayohat va biznes qilish xavfsiz, bu haqda tashvishlanishga hojat yo‘q”, deydi Van Venbin Xitoyda o‘tkir respiratorli infeksiyalar sonining ko‘payishi fonida boshqa mamlakatlarning xavotirlariga izoh berish so‘roviga javoban.

Avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi vakili Mi Fen yaqin kelajakda Xitoyda o‘tkir respiratorli infeksiyalar soni o‘sishda davom etishini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, oxirgi paytlarda qayd etilgan kasallik holatlari gripp virusi tufayli yuzaga kelgan, biroq bir qator bemorlarda rinovirus, mikoplazma pnevmoniyasi,  respirator-sinsitial virus va adenovirus ham bor. 

JSST 22 noyabr kuni Xitoydan bolalarda respirator kasalliklarning ko‘payishi haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘radi. Xususan, JSST gripp, SARS-CoV-2 koronavirusi, respirator sinsitial virus va mikoplazma pnevmoniyasining tarqalish tendensiyalari haqidagi ma’lumotlarga qiziqdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'RVI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing