Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

Olam

image

Joriy yilning 12-15 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, tashrif dasturidan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 7-yig‘ilishida ishtirok etish, Toshkent shahri, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi bir qator sanoat obektlari faoliyati bilan tanishish o‘rin olgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyanning ma’lum qilishicha, Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekistondan so‘ng, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga ham safar qiladi. Uning mintaqa davlatlariga tashrifi 20 maygacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘ulistonga safar qilgandi. Kemeron mazkur safardan Markaziy Osiyo mamlakatlariga Buyuk Britaniya hamda mintaqada ta’sir o‘tkazish uchun kurashayotgan Rossiya va Xitoy bilan hamkorlik qilish o‘rtasida “tanlov” qilish imkonini berishni ko‘zlaganini ochiq aytdi. Kemeron ketganidan ko‘p o‘tmay, 26 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng matbuotga bayonot bergan Galuzin Kemeronning O‘zbekistonga tashrifi Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazishga va uni ittifoqdoshlaridan uzoqlashtirishga qaratilganini ta’kidladi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Lyu Gochjun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing