Haydovchilar diqqatiga! Ma’muriy bayonnoma nima va u qay hollarda tuzilmaydi?

Jamiyat

image

Xalqimiz orasida avtomobilga ega bo‘lganlar “ma’muriy bayonnoma” so‘zini juda ham yaxshi biladi. Qoidabuzarlik natijasida to‘xtatilgan har ikki haydovchidan biri bayonnoma tuzilishidan norozi, taxminimizcha. 

Xo‘sh, ma’muriy bayonnoma o‘zi nima va u qanday hollarda tuzilmaydi?

Ma’muriy bayonnoma

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XX bobida bu masalaga to‘xtalib o‘tilgan va tegishli normalar belgilangan. Kodeksning 281-moddasiga ko‘ra, bayonnomada: 

•    bayonnoma tuzilgan sana va joy;
•    bayonnomani tuzgan shaxs ma’lumotlari;
•    huquqbuzarning shaxsiga oid ma’lumotlar;
•    huquqbuzarlikning mohiyati;
•    javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
•    huquqbuzarning tushuntirishi; 
•    agar yetkazilgan bo‘lsa, moddiy zarar haqida ma’lumot; 
•    guvoh va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ularning ko‘rsatmalari bo‘lishi kerak.

Bayonnoma uni tuzgan shaxs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi. Guvoh va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ular tomonidan ham imzolanadi. Agar nima sababdan imzolamaganini izohlamoqchi bo‘lsa, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs bayonnomaga bu haqida yozishi mumkin.

Bayonnomaga ilovalar

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

1) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning pasportining ko‘chirma nusxasi;

2) ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

3) shaxsning tushuntirishi;

4) jabrlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud bo‘lsa;

5) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar.

Shuningdek, transport bilan yo‘l harakati qoidasi buzilgan bo‘lsa, buning natijasida yengil tan jarohatlari va mol-mulkka shikast yetkazilgan taqdirda qo‘shimcha xujjatlar taqdim etilishi mumkin. Ular:

1) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va ishonchnomaning ko‘chirma nusxasi;

2) sug‘urta polisining ko‘chirma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);

3) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa

Agar alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ikki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma;

4) ko‘zdan kechirish dalolatnomasi va hodisa joyining chizmasi, transport vositasining shikastlanishlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va texnika vositalari shikastlanishlarining fotosuratlari;

5) avtomototransport vositasiga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi;

6) sudga qadar avtotexnika ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi;

7) surishtiruv yakunlariga ko‘ra, manfaatdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi bayonnoma.

Bayonnoma tuzilmaydigan hollar

Ma’muriy huquqbuzarlik bayonnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Biroq ba’zi holatlar mavjudki, u hollarda bayonngomasiz bu kasb egalariga ishoniladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 283-moddasida shu haqida keltirilgan.  

Deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlarining arizasida keltirishi mumkin. 

Shunday kasb egalaridan biri advokatdir. Agar advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, advokat bayonnoma tuzmasdan huquqbuzarlik holati va huquqbuzar shaxsi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilishi mumkin. Xuddi shunday bir necha kun avval Samarqand viloyatida sodir bo‘lgani ham fikrimiz isbotidir

Agar siz yo‘l harakati qoidasini buzgan bo‘lsangiz, va sizning huquqbuzarligingiz foto yoki videoqurilma orqali qayd etilgan bo‘lsa ham bayonnoma tuzilmaydi.  


Maqola muallifi

Teglar

Bayonnoma

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar