Sog‘liqni saqlash tizimidagi sovuqqon rahbarlar bo‘shatildi

Jamiyat

image

Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi tumanlarida onalar o‘limi ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘paygan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qildi.

Yuzaga kelgan vaziyatni atroflicha o‘rganish uchun SSV malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yuborilgan.

Faoliyati davomida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan tibbiyot xodimlariga nisbatan tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rilgan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Perinatal markazi direktori A. Abidov, direktor o‘rinbosari Z. Jumaniyazova va patologiya bo‘limi boshlig‘i M. Eshboyeva lavozimidan ozod etilgan. Mazkur markazning reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i M. Nizamatdinov va 4-tug‘ruq bo‘limi boshlig‘i S. Yeshmanovaga jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Ushbu markazning reanimatsiya bo‘limi shifokorlari G. Saribayeva va Z. Ablakimov, G.Tanirbergenovlar, shuningdek, navbatchi akusher-ginekologi L. Burangulova, patologiya bo‘limi akusher-ginekologi D. Yangiboyeva, 3-tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekolog G. Ashirbekova hamda 1-tug‘ruq bo‘limi navbatchi doyasi A. Sariyevalarga esa “xayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari D. Bekboyeva, Nukus shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i J.Tarixov, Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B. Jumaniyazov va Chimboy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D. Yembergenovlarga jarima jazo choralari qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Sog'liqni saqlash vazirlgi

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing