Tramp amerikaliklarni “mashaqqatli” ikki hafta kelayotganidan ogohlantirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni oldindagi “juda og‘ir” va “mashaqqatli” ikki haftadan ogohlantirdi. Bu haqda u Oq uydagi brifing vaqtida aytib o‘tdi.

“Men har bir amerikalik oldindagi og‘ir kunlarga tayyor bo‘lishini istayman. Biz o‘ta og‘ir ikki haftadan o‘tib olamiz”, degan Tramp.

Qayd etish kerakki, Tramp koronavirusga qarshi umummilliy choralarning amal qilish muddatini uzaytirdi. Biroq bu qoidalarga to‘liq rioya qilganda ham 100 mingdan 240 minggacha amerikalik koronavirus qurboni bo‘lishi mumkin.

Bu koronavirusning oqibatari va AQSHga ta’siri jiddiy bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratmay kelayotgan Prezidentning keskin murojaati edi. Tramp koronavirus pandemiyasi Amerika uchun o‘n yilliklarda eng jiddiy inqiroz bo‘lganini yashirib o‘tirmadi.

Ma’lumot uchun, 29 mart kuni Donald Tramp koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy qilingan chora-tadbirlarni 30 aprelgacha uzaytirdi. Hukumat fuqarolarga uydan ishlashga o‘tishni, yashash joyini zaruratsiz tark etmaslikni, taomlarni buyurtirishni va ijtimoiy aloqalarni kamaytirish yoki umuman istisno qilishni tavsiya qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikada 189 mingdan ko‘proq odam koronavirus yuqtirgan. Ularning 3900 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp koronavirus

Baholaganlar

324

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing