Xavining gollari “Paxtakor”ni g‘alabasiz qoldirdi

Sport

image

Hozirgina Osiyo Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Al-Saad” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 

Uchrashuvning birinchi taymi juda qiziqarli va gollarga boy bo‘ldi. Ammo, ikkinchi taymda tomonlar qancha harakat qilmasin hisob boshqa o‘zgarmadi.

Uchrashuvning oltinchi daqiqasidayoq, ispan afsonasi “Paxtakor” darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan so‘ng, 10 daqiqada “sherlar”ning yosh a’zosi Xojakbar Alijonov hisobni tenglashtirdi. Ammo oradan 6 daqiqa o‘tib, yana o‘sha Xavi “Al-Saad”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Tay yakuni arafasida “Paxtakor” legioneri Dragan Cheran “Al-Saad” darvozasini boshi bilan ishg‘ol etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Paxtakor” – “Al-Sadd” 2:2 

Gollar: Xavi 6, - 0:1. Xojiakbar Alijonov 9, - 1:1. Xavi 16, - 1:2. Dragan Cheran 41, - 2:2.

“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Sadriddin Abdullayev, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 11.Igor Sergeyev (21.Marat Bikmayev, 65), 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 88), 20.Odiljon Hamrobekov, 23.Sherzod A’zamov, 29.Vladimir Kozak, 34.Farruh Sayfiyev.

“Al-Sadd”: 22.Meshal Barsham, 2.Pedro Korreya, 5.Vu Yung (20.Salim Al Hajri, 76), 6.Xavi (8.Ali Asadilla, 82), 11.Bog‘dod Bunedja, 12.Hamid Ismoil, 14.Gabi, 15.Toriq Salmon, 16.Bualem Huhi, 66.Yosir Isa (10.Hasan Al Haydos, 60), 78.Akrom Hassan Afif.

Ogohlantirishlar: Pedro Korrea 32, Akrom Afif 47.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor OChL Al-Sadd

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing