Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 6 - 8 may kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 mayda 12-17 daraja, 7-8 mayda 14-19 daraja, kunduzi 6-7 mayda 25-30 daraja, 8 mayda 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 6 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 7-8 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja; 7 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 8 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja; 7 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 29-34 daraja; 8 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 6 mayda 22-27 daraja; 7-8 mayda 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 mayda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja; 7 mayda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 8 mayda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing