Kelasi o‘quv yilida Toshkentda MGIMO filiali ochiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning fevral kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohitov Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) delegatsiyasiga boshchilik qilib mamlakatga kelgan mazkur oliy ta’lim muassasasining prorektori Artyom Malgin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bahorda Toshkent shahrida MGIMO bitiruvchilarining V Xalqaro forumini o‘tkazish va institut filialini ochish bilan bog‘liq amaliy jihatlar muhokama qilindi. 

Toshkent shahrida MGIMO filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi, jumladan binoni ta’mirlash va o‘quv anjomlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

MGIMOning Toshkent filiali joriy yilning sentyabr oyidan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha to‘laqonli faoliyat ko‘rsata boshlashi rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

MGIMO Abdujabbor Abduvohitov

Baholaganlar

27

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing