Xalqaro obligatsiyalar: tushuncha va o‘ziga xosliklar

Bu qiziq

image

“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Unda “xalqaro obligatsiya” atamasining tushunchasi mustahkamlandi. Bu sotiladigan emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u emitent tomonidan chiqariladi va moliyaviy tashkilotlarning guruhi tomonidan joylashtiriladi, emitentning mamlakatidan tashqari bir yoki undan ko‘proq davlatda taklif etiladi, birlamchi ravishda (shu jumladan obuna bo‘yicha) faqat ushbu guruh orqali sotib olinadi.

Xalqaro obligatsiyalarning o‘ziga xosliklari mavjud:

  • ularning qiymati xorijiy valyutada ifodalanadi;
  • ularga Qonunning 39-moddasida ko‘rsatilgan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari, shu jumladan O‘zbekistonning rezidentlari tomonidan chiqarilgan, mamlakat hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olishga doir vazifalari tatbiq etilmaydi;
  • davlatning xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar yo‘naltiriladigan maqsadlar Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan belgilanadi (21.07.2018 yildagi PQ-3877-son qarorga qarang) va h.k.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston birinchi marta umumiy summasi 1 mlrd AQSH dollari bo‘lgan suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqardi. 

Prezidentning qarori bilan ushbu mablag‘lar tegishli foizlar bilan qaytarish shartlarida quyidagicha taqsimlanadi:

889,2 mln AQSH dollari – auksion orqali tijorat banklarining depozit schyotlariga joylashtiriladi;
20 mln AQSH dollari –Agrobankka qarz sifatida beriladi;
89,9 mln AQSH dollari – Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ssuda sifatida beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing