O‘zbekistonda yana 15 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 6 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 nafarga ko‘payib, 4022 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 3 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali O‘zbekistonga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 3 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 759 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made