Jeff Bezos Oyga uchadigan apparat prototipini taqdim etdi

Olam

image

Amazon va Blue Origin kompaniyasi rahbari Jeff Bezos Vashingtonda Oy yuzasiga qo‘na oladigan kosmik apparat prototipini taqdim etdi. 

“Oyga qaytish vaqti keldi, bu safarga oz qoldi, – degan Bezos jurnalistlar va kosmik soha vakillari bilan yopiq taqdimotda. 

Jeff Bezos yerning tabiiy yo‘ldoshiga parvozni amalga oshiruvchi va oy sathiga qo‘na oluvchi modul maketini namoish etib berdi. Ushbu qurilma  Blue Moon nomini olgan.Bezosning aytishicha, “kosmik modul loyihasi uch yil dvomida amalga oshirilgan”.  Uning so‘zlariga ko‘ra, “Blue Moon” oyning yuzasiga yumshoq qo‘nishni amalga oshiradi. Uning yuki 3,6 dan 6,5 tonnagacha bo‘lib, uning tomida esa lunoxod o‘rnatilishi mumkin. Amazon rahbari, shuningdek,  BE-7 deb nomlanuvchi dvigatel qo‘nish moduli uchun maxsus ishlab chiqilganligini ham aytdi. Modulning ilk sinovi boshlanishi yozda amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing