Qulupnay foydalimi yoki zararli?

Foydali

image

Bahor faslida ko‘pchilik o‘zini holsiz va kamquvvat his qiladi. Bunday holatda esa bizga meva va sabzavotlar yordamga keladi. Ular orasida esa nafaqat bolalar, balki kattalar ham sevib iste’mol qiladigan qulupnay ham bor...

Xo‘sh, hozirda sevib iste’mol qilayotganingiz qulupnay tarkibida qanday shifobaxsh hususiyatlar mavjudligini bilasizmi? Olimlarning aytishicha, qulupnayning kunlik iste’moli butun yil davomida imunitetni mustahkamlashga xizmat qilar ekan. Quyida esa siz bilan qulupnayning bir qancha foydali hususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

•  100 gramm qulupnay tarkibida 40 gramm kaloriya, 0,4 gramm yog‘, 0,8 gramm oqsil, 7,5 gramm uglevod mavjud.
•  Ko‘pchilik mavsum boshida qulupnay sotib olishdan qo‘rqadi. Uning tarkibida zaharlanishni keltirib chiqaruvchi kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun uni juda ehtiyotlik bilan tanlang. Birinchidan, ta’mga e’tibor bering, ikkinchidan esa pishgan qulupnay juda xushbo‘y xidga ega bo‘ladi.
•  Qulupnay ishtaha ochish bilan birga hazm qilish faoliyatini me’yorlashtiradi, tabiiy siydik haydovchi vosita bo‘lib, organizmdagi tuz miqdorini normallashtiradi. 
•  Qulupnay juda nozik teri bilan qoplangan bo‘lib, uni faqat iste’moldan oldingina yuvish mumkin. Agar bu ishni avvalroq qilgan bo‘lsangiz, uning foydali hususiyatlari yo‘qoladi. 
•  Kaliforniya shtati dunyo bo‘yicha eng yirik qulupnay ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. U yerda har yili 1 milliard tonna qulupnay yig‘ib olinadi.
•  Dunyodagi eng yaxshi, sifatli qulupnay Buyuk Britaniyada yetishtiriladi. Belgiya shaharlarining birida esa qulupnayga bag‘ishlangan muzuy mavjud.
•  Qulupnay immunitetini, ko‘zni va asab tizimini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan ko‘plab vitamin va minerallarni o‘z ichiga oladi.
•  Qulkpnay bosh og‘rig‘idan va yomon kayfiyatdan xalos bo‘lishga va uzoq umr ko‘rishga yordam beradi va hatto tishni ham oqartirish hususiyatiga ega.
•  Siz kuniga yarim kilogramm qulupnayni iste’mol qilishingiz mumkin. Shifokorlar buni eng maqbul miqdor deb hisoblashadi. Ammo ko‘proq miqdori allergiya yoki oshqozon-ichak bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.
•  Qulupnayni qanday yuvish mumkin. Uni chuqur yelim idishga sovuq suv solib yopib qo‘ying va unda 7-10 daqiqaga qoldiring. Keyin qulupnayni olib qog‘oz sochiqqa qo‘ying. Agar bu usul bilan barcha bakteriyalar va parazitlardan xalos bo‘lishiga ishonmasangiz, suvga olma yoki uzum sirkasini qo‘shing, 1 litr suvga 1 osh qoshiq miqdorida. Bunday "hammom" dan keyin barcha mikroblar o‘lib qoladi va qulupnay uzoqroq saqlanadi.
•  Shuni ta’kidlash kerakki, faqatgina qattiq qulupnay muzlatish uchun mos keladi. Yumshoq qulupnay esa muzdan tushganidan so‘ng so‘lib qoladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qulupnay

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar