Qozog‘istonda pedofillar uchun umrbod qamoq jazosi joriy etilishi rejalashtirilmoqda

Olam

image

Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palatasi) birinchi o‘qishda qonun hujjatlariga ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlashga oid tuzatishlarni qabul qildi. Ular pedofiliya va bolalarni o‘ldirish uchun umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

“Voyaga yetmaganlarni qiynoqlarga solish yoki sog‘lig‘iga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikdagi zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda, xususan, ozodlikni cheklash tarzidagi muqobil jazo turi bundan mustasno. Voyaga etmagan bolani o‘ldirish yoki pedofiliya uchun muqobil bo‘lmagan jazo – umrbod qamoq jazosi joriy etiladi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, qasddan badanga yengil shikast yetkazish va kaltaklash uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish taklif qilinmoqda. Ilgari bu jinoyatlar uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan edi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarda o‘z joniga qasd qilishga undaganlik uchun besh yildan to‘qqiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jinoiy javobgarlikni belgilash taklif etilmoqda. Shuningdek, o‘z joniga qasd qilishga targ‘ib qilganlik uchun 200 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi (1,6 ming dollardan ortiq) miqdorida jarima solish tarzida jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda. Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxsga, jumladan, internet tarmog‘ida zo‘ravonlik qilganlik uchun 10 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi (81 dollar) miqdorida jarima solish bilan ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda.

Qonun loyihasi ustidagi ishlar parlamentning tegishli qo‘mitasida davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston pedofillar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made