Qiz bolani 14 erkak zo‘rladi. Vaziyatni Prezident nazoratga oldi

Olam

image

Qozog‘istonning Arkalik tumanidagi yashovchi qiz 14 erkak tomonidan vahshiylarcha zo‘rlangan. Bu haqda Qozog‘istonlik huquqshunos, Prezident huzuridagi milliy jamoat kengashi a’zosi Ayman Umarova ma’lumot bermoqda.  

Umarova davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevdan masalani shaxsiy nazoratga olishini so‘radi. 

“Arkalik tumanidagi kichik bir qishloqda o‘n to‘rt kishi bir qizni zo‘rladi. Keyinchalik qiz farzand ko‘rdi. Politsiya, afsuski, bu odamlarni hibsga olmadi. Odamlar faqat bitta narsani – adolatli sud jarayonini kutmoqdalar. Shaxsan sizdan bu masalani nazoratingizga olishingizni so‘rayman”, deydi advokat Prezident huzuridagi Milliy kengashning birinchi yig‘ilishida.

Shuningdek, u bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik masalasini o‘rtaga tashlagan. 

“Turkiston viloyatida, Saryag‘ash viloyatida 13 yoshli bola bir yil davomida zo‘rlangan”, deydi u. 

Umarovaning Prezidentdan Jinoyat kodeksi moddalariga ham e’tibor qilishini so‘ragan. 

Sal oldin Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev o‘zining Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatida jinsiy zo‘ravonlik, bachabozlik, giyohvand moddalar va odam savdosi, ayollarga qarshi maishiy zo‘ravonlik va boshqa, ayniqsa, bolalarga nisbatan sodir etiladigan og‘ir jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish lozimligini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart Toqaev

Baholaganlar

1596

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing