Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 may kun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. 

Qonunga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalari atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasidir.

Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Sohada qurilmalarni ishlab chiqarish, shuningdek ilmiy-texnikaviy hamda innovatsion jihatdan ta’minlash davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar quyidagilardan ozod etiladi:

•    qurilmalarni (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan)  o‘rnatganlik uchun o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘ini to‘lashdan hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan;
•    davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlaridan.

Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uch yil muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan ozod etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qonuni

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing