Qashqadaryoda yo‘lovchi Lada haydovchisini bolta bilan quvdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt rusumli avtomobil salonidan tushgan odamning dastlab Lada-Largus rusumli avtomobil haydovchisiga bolta bilan tashlangani, unga yetolmagach, avtomashinaning oynalarini urib sindirgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, holat 15 dekabr kuni soat 16:50 larda Qarshi shahar, Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bunda qonunbuzar yo‘lovchi yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelgan Cobalt rusumli mashinadan tushib kelgan va svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Lada-Largus rusumli avtomobil haydovchisiga metall jism bilan tashlangan.

Shuningdek, videoda yo‘l patrul xizmati xodimi voqeani indamay kuzatib turgani ham aks etgan. Viloyat IIB bu holatni qoidabuzar voqeaga guvoh bo‘lgan Qashqadaryo viloyati IIB xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani bilan izohlamoqda.

“Voqea joyida bo‘lgan ichki ishlar organi xodimining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hozirda fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi kaltaklangandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo IIB Cobalt Lada bolta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing