Qashqadaryoda pora bilan qo‘lga tushgan IIB xodimi qochishga urindi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz shahar Ichki ishlar bo‘limi Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi 6 000 AQSH dollari bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, xodim ariza bilan murojaat qilgan fuqaroning shikoyatini qonuniy tartibda o‘rganmasdan, jabrlanuvchining boshqa bir fuqaroga yer maydoni sotib olish uchun bergan 27 000 va u yerda amalga oshirgan qurilish ishlari uchun sarflagan 13 000, jami 40 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini undirib berish evaziga dastlab 4 500 AQSH dollarini olgan. So‘ngra yana 6 000 AQSH dollari so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, xodimning tezkor tadbir vaqtida voqea joyidan qochishga hamda daliliy ashyo bo‘lgan pullarni yashirishga uringan harakatlari jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

Prokuratura xabariga ko‘ra, hozirda xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Qashqadaryo

Baholaganlar

698

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing