Pol Pogba uchun 145 million taklif qilishmoqda

Sport

image

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar vaqtida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilishga urinib ko‘radi. Madridliklar bu futbolchi uchun 145 mln. yevro to‘lashga tayyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “qirollik klubi” yozda 26 yoshli futbolchini 145 million yevro evaziga bo‘lsada sotib olmoqchi. Fransiyalik futbolchi “qaymoqranglilar”ning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘ladi.

Pogba joriy mavsum MYU safida 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 11ta golli pas berdi. Futbolchining “mankunianlar” bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Yunayted Pol' Pogba

Baholaganlar

30

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing