Microsoft kutilmagan qaror qabul qildi
Texnologiya
−
27 iyun 2020
10401Microsoft korporatsiyasi barcha do‘konlarini oflayn rejimda yopishga qaror qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.
Shuningdek, xabarga ko‘ra, korporatsiya yangi chakana savdom strategiyasiga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, kompaniyaning onlayn orqali sotgan mahsulotlari hajmi sezilarli ko‘paygan. Kompaniya, shuningdek, raqamli dasturlar ham taklif qilmoqda.
Microsoft tomonidan berilgan bayonotda, yopiq do‘konlarda ishlaydigan barcha xodimlar ofislarda yoki uzoqdan ishlashlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Korporatsiyaning do‘konlari 2020 yil mart oyida koronavirus xavfi tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi.
LiveBarchasi