Luganskda nazorat kuchaytiriladi

Olam

image

Bugun, 19 sentyabr kuni tan olinmagan Lugansk Xalq Respublikasi Hukumatining raisi Sergey Kozlov respublika iqtisodiyoti uchun strategik muhim ob’ektlarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Kozlovning ta’kidlashicha, bu avvalo, elektr stansiyalari va yo‘l o‘tkazgichlariga tegishli.

LXR kuch tizimlaridagi manbaning xabar berishicha, bir necha shaxs Luganskdagi Lutuginskaya va Ikkinchi qurilish ko‘chalari chorrahasida ko‘prikni portlatishga uringan: beton konstruksiyalar qisman vayron bo‘lgan, ammo armatura joyida qolgan. Ichki ishlar vazirligi ushbu voqeani terakt deb atadi.

Tan olinmagan LXR bir necha bor Kiyev Minsk kelishuvlarini chetlab o‘tib, sabotaj uyushtirayotgani va keskinlikning kuchayishiga hissa qo‘shayotganini ta’kidlagan. 

Avgust oyida boshqa bir tan olinmagan Donetsk Xalq Respublikasi xavfsizlik kuchlari tomonidan to‘rtta elektr uzatish liniyasining tayanchlari ishdan chiqarilishi va Gorlovkaning katta zarbalari haqida xabar berildi. O‘tgan hafta DXRda temir yo‘lda portlashning oldi olindi.

Ma’lumot uchun, 2014 yil 27 aprelida Ukrainadagi tartibsizliklar sabab, mamlakatning Lugansk viloyati o‘zini respublika deb e’lon qildi va o‘sha yilning 12 mayida Ukrainadan mustaqilligini e’lon qilgan. Undan biroz avvalroq, 2014 yilning 7 aprelida Ukrainanining Donetsk viloyati ham o‘zini respublika deb e’lon qilgan va 2014 yil 12 may kuni Ukrainadan mustaqilligini e’lon qilgan.

Biroq jahon hamjamiyati bu respublikalarni tan olmaydi va Ukrainaining tarkibiy qismi deb biladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Lugansk

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing