Deputat: “Soliq to‘lashga pulingiz yo‘qmi? Unday bo‘lsa itingizni soting!”

Olam

image

Ukraina Oliy Radasining "Sluga naroda" fraksiyasi deputati Yevgeniy Bragar kommunal to‘lovlarga mablag‘i yetmayotgan nafaqaxo‘rga elita zotli itni sotishi mumkinligini aytdi. Deputat, kecha, 31 yanvar kuni "112 Ukraina" telekanalidagi "Golos naroda" ko‘rsatuvida, studiyaga qo‘ng‘iroq qilgan ukrainalik nafaqaxo‘rning kam pensiya bilan qanday yashashi haqidagi savoliga javob berarkan, bu haqda aytib o‘tdi.

"Bunday sharoitda yashashning iloji yo‘q, lekin biz uning (studiyaga qo‘ng‘iroq qilgan ayol - tah.) boshqa mulki borligini bilmaymiz, chunki subsidiya boshqa mulk mavjudligiga va mulkning holatiga qarab beriladi. Murojaat etuvchi bilan vaziyat qandayligini bilmaymiz. Agar elita zotli iti bo‘lsa, uni sotishi mumkin va soliqlarni to‘lashi mumkin", dedi Bragar.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina statistika idorasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil dekabr oyida Ukrainada kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlar 58 milliard grivnani tashkil etgan (elektr energiyasidan tashqari). Umuman olganda, dekabr oyida kommunal to‘lovlar uchun to‘lovlarning 79,3 foizi to‘langan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evgeniy Bragar

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar