Jismoniy tarbiya va sport vazirligi DTMdan sport zallarini ta’mirlab berishni talab qilgan

Jamiyat

image

2018-2019 o‘quv yili uchun  test sinovlarini o‘tkazishda 10 mrld so‘m miqdoridagi pul jarayonda foydalanilgan axborot kommunikatsiya vositalari uchun – undan 2 mlrd so‘m ularni o‘rnatish  va xizmatlar bilan bog‘liq masalalarda sarflangan. Aloqa liniyalari bo‘yicha ham  ko‘zda tutilmagan mablag‘lar sarflandi, deydi DTM direktor o‘rinbosari matbuot anjumanida.

Bu yil OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining bir barobariga teng miqdorida yig‘im undirilishida ham ayni maqsadlar ko‘zda tutilgan. Ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarining shaffofligini ta’minlash o‘z o‘rnida zamonaviy, jahon standartlariga to‘la mos keladigan texnik uskunalarni talab qiladi.

"Test sinovlarini o‘tkazish uchun har bitta uskunaning o‘z vazifasi hamda ko‘rsatkichlari bor. Misol uchun, chop etuvchi qurilmalarida har yili 1 millionga yaqin test kitobchalari chop etiladi. Bir yilga bormay bu chop etuvchi va javob varaqalari tekshiruvchi qurilmalarning texnik imkoyatlari talabga javob bermay qoladi. Bir kunda 60-70 mingta test kitoblarini chop etish, 60-70 ming javob varaqalarini tekshirish uchun texnik uskunalar nihoyatda kuchli bo‘lishi kerak", deydi DTM direktori Majid Karimov.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, test sinovlarining natijarini bir kunda e’lon qilish katta mashaqqatni talab qilsada, o‘tgan yili bu jarayon O‘zbekistondailk to‘liq amalga oshirildi. Jahon tajribasini olib qaraganda,Rossiyada bir hafta, Koreyada test natijalari bir oy muddatda e’lon qilinadi. Bundan tashqari, bino ijaralari masalasi ham katta miqdordagi mablag‘ni talab qiladi. Bu haqda Majid Karimov quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi.

"O‘tgan yili axborot kommunikatsiya vositalaridan tashqari test o‘tkaziladigan binolar uchun ijara haqi ham to‘langan. Jarayonni o‘tkazish uchun jami 58 ta bino ijaraga olindi. Birgina UzExPo markazi 15 kunga ijaraga olingan bo‘lsa, bu uchun 2 mlrd so‘mdan oshiqroq ijara haqi to‘lashga majbur bo‘ldik. Hatto, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sport zallaridan 15 kun davomida test sinovlarida foydalanilgani uchun kommunal to‘lov, elektr energiyasi xarajatlari, qolaversa, ayrim binolarning joriy yildagi ta’mirlash ishlarini DTM o‘z zimmasiga olishini talab qildi".

Bu yil test sinovlarida ishtirok etish uchun yig‘iladigan mablag‘larning 80 foiz miqdori axborot kommunikatsiya qurilmalari hamda texnik uskunalar bilan ta’minlash uchun sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat Test Markazi

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar