Chet eldan kelayotgan shifokorlarning qadami qutlug‘ keldimi?

Bu qiziq

image

Xabaringiz bor, avgust oyida O‘zbekistonga koronavirus kasalligini davolash va shifokorlarga amaliy yordam berish maqsadida chet davlatlardan, xususan, Rossiya, Germaniya va Turkiyadan tibbiyot xodimlari keldi.

Bu vaziyat aholi o‘rtasida “o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari ushbu kasallikni davolay olmayapti”, degan turli tushunmovchiliklar keltirib chiqarmoqda. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova vaziyatga oydinlik kiritdi.

“Yurtimizda tizim yoki shifokorlar o‘z ishlarini uddalay olmadilar deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi ham buni isbotlab turibdi.Koronavirus yangi va uning ochilmagan qirralari ko‘p. U geografik tuzilishga, ob-havoga, iqlimga, mahalliy sharoitga va odamlarni olib borayotgan turmush tarziga qarab turlicha kechmoqda. Har bir davlat tavsiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashgan holda ishlab chiqadi va har qanday vaqtda uni to‘ldirishi yoki o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarning malakali mutaxassislari bilan muntazam tajriba almashib turish xozirgi kun talabidir”, dedi Barno Abdusamatova. 

Shtab a’zosining so‘zlariga ko‘ra, olimlar turli davlatlarga borib, nafaqat amaliy yordam berishgan, balki mahalliy olimlar bilan birga har bir mamlakatda izlanish o‘tkazib, davolash va kasallikni saralash, tashxis qo‘yish bo‘yicha yangi, zamonaviy va qulay, samarali usullarni kashf etishgan. Chet el mutaxassislari O‘zbekistonning tanlagan yo‘li va taktikasiga yuqori baho bergan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida O‘zbekistonga Turkiyada 16 nafar, Rossiyadan 40 nafar, Germaniyadan 10 nafar tajribali mutaxassislar O‘zbekistonga keldi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing