Qozog‘istonda 5 kishining umriga zomin bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni Qozog‘iston g‘arbidagi Atirau viloyatidan o‘tgan Kulsari-Tengiz trassasida ikkita yengil mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi, 1 nafari esa shifoxonaga yotqizildi. Bu haqida Respublika IIV ma’lum qilmoqda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, avariya neftchilarning Tengiz posyolkasidan 25 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.

“Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan Chevrolet Aveo mashinasida Qozog‘istonning 4 nafar fuqarosi bo‘lgan. Ularning barchasi hodisa joyida halok bo‘lgan. Ikkinchi avtomobil "Lada 2131"ni G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatida istiqomat qiluvchi shaxs boshqargan. Haydovchi olgan jarohatlari tufayli vafot etgan, uning yo‘lovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan”, deyiladi xabarda. 

Ushbu holat bo‘yicha "Yo‘l harakati qoidalarini buzish, ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq odamning o‘limiga sababchi bo‘lish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Baxtsiz hodisa sabablari aniqlanmoqda, sud ekspertizasi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

65

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing