Bosh prokurorning o‘rinbosari Namangan viloyati prokurori bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga amalga oshirgan tashrifidan keyin viloyatga yangi prokuror tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovning kecha, 4 martdagi buyrug‘iga asosan Rashid Nasrulloyevich Rahmatov Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Rashid Rahmatov 1978 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Buxoro shahar prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yilning noyabr oyidan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made