Ukraina Prezidenti karantin qoidalarini buzdi (foto)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy karantin qoidalarini buzdi va Xmelnitskiydagi kafega tashrif buyurdi. Davlat rahbari devoni tegishli fotosuratni Instagram sahifasida e’lon qildi.

"Xmelnitskiyda ajoyib kofe! Xushbo‘y va mazali! Birinchi qahvaxonalar karantinni tark etishdi, sekin-astalik bilan koronavirus epidemiyasidan tiklanayapmiz", deb yozilgan surat sharhida.

Suratda Zelenskiy va bir necha kishi qahvaxonadagi stolda o‘tirib, qahva ichishayotganini ko‘rish mumkin. Ukrainada restoran va kafelar tashrif buyuruvchilar uchun 5 iyun kuni ochiladi. Ayni kunlarda esa ular karantin sababli yopib qo‘yilgan.

Ukrainada 24 823 kishi koronavirus bilan kasallandi. Shulardan 10 440 kishi sog‘aygan bo‘lsa, 735 bemor vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing