Koronavirusning ikkinchi to‘lqini yanada vayronkor bo‘ladi – JSST

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge agar profilaktika choralari ko‘rilsa, COVID-19 ikkinchi to‘lqinining oldini olish mumkinligini aytdi.

Biroq u yangi to‘lqin muqarrar ekanligini va hozirgidan ham vayronagarchilikka olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Klyugening so‘zlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun cheklovlarni olib tashlash tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha xatarlarni to‘xtatish kerak.

"Yaxshi xabar shundaki, biz birinchi to‘lqindan keyin ko‘p narsalarni o‘rgandik", dedi u.

Xulosa qilib, u mamlakatlar yanada yaxshi tayyorgarlikka egaligini va qaysi choralar samaraliroq ekanligini tushunishini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST

Baholaganlar

846

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing